Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda jiddiy YTH, ikki kishi halok bo‘ldi
Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 17 mart kuni soat 03.00larda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan B.B. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani “Toshkent-Termiz” M-39 yo‘lining 947-kilometrida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda yo‘lning chetida to‘xtab turgan Denov tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan A.N. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli yuk avtomashinaning orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada “Neksiya” avtomashinasi yo‘lovchilari A.Ya., A.O. jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan, J.M. hamda B.O. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026
Tesla avtopilot rejimida uyga urildi va ichidagi ayolni o‘ldirdi
17:35 / 23.06.2026
Xorazmda qahvaxonaga bostirib kirgan Cobalt voqeasi: 2 kishi jiddiy jarohatlangani ma’lum bo‘ldi
09:30 / 17.06.2026