Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh pasportini rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdori oshadi - Qo‘shma Shtatlar elchixonasi
2018 yil 2 apreldan AQSh pasportini rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdori oshadi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar bergan. To‘lovdagi bu o‘zgarish faqatgina pasportini rasmiylashtirayotgan AQSh fuqarolariga taalluqlidir.
2018 yil 31 yanvarda Davlat departamenti pasport rasmiylashtirish to‘lov miqdorini oshirish haqidagi Yakuniy qarorni e'lon qildi. 2018 yil 2 apreldan pasport rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdori 35 AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu qaror hozirda amal qilib turgan 25 AQSh dollari miqdoridagi to‘lov miqdorini 10 AQSh dollariga oshiradi. Pochta orqali pasportini yangilashga murojaat etish talablariga javob beruvchilar to‘lov miqdorida hech qanday o‘zgarish sezmaydilar.
Qayd etilishicha, davlat departamenti odatda konsullik to‘lovlari miqdorini AQSh hukumatining shu xizmatlarni ko‘rsatish uchun talab etiladigan xarajatlarini qoplaydigan darajada o‘rnatadi. Davlat departamentining Konsullik masalalari byurosi har bir xizmat to‘lovi miqdorini xizmat tannarxi modeliga asoslangan holda aniqlaydi. Eng oxirgi xizmat xarajatlari modeliga kiritish uchun ma'qullangan o‘zgarishlar pasport rasmiylashtirish xarajatlari joriy o‘rnatilgan 25 AQSh dollaridan ortiq ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot pasport rasmiylashtirish xarajatlari 35 dollarga yaqinligini namoyish etgan.
Hozirgi paytda konsullik xizmatlari uchun to‘lovlarda boshqa o‘zgarishlar yo‘q.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
22:36 / 04.07.2026