Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Durov Telegram’ni bloklab qo‘yish bo‘yicha tahdidga javob qaytardi
Telegram asoschisi Pavel Durovning ma'lum qilishicha, Rossiyada messenjerni bloklab qo‘yish tahdidi hech qanday natijalarni olib kelmaydi. Bu haqda u tvitterda yozdi.
«Telegram’ni, agarda u o‘z foydalanuvchilari shaxsiy ma'lumotlarini bermasa, bloklab qo‘yish tahdidi hech qanday natijalarni olib kelmaydi. Telegram erkinlik va ma'lumotlar daxlsizligini himoya qilishda davom etadi», - deya yozgan Durov.
Avvalroq Roskomnadzor Telegram messenjeri rahbariyatini foydalanuvchilar xabarlarini shifrdan ochish uchun kerakli bo‘lgan ma'lumot taqdim etilishi lozimligi haqida ogohlantirgani xabar berilgandi. Messenjer vakillariga talabni bajarish uchun 15 kunlik muhlat berildi. Aks holda servis Rossiya hududida bloklab qo‘yilishi mumkin.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
08:36 / 12.05.2026
Telegram orqali aldangan buxgalter firibgarlarga 1 mlrd so‘m o‘tkazib berdi
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
23:06 / 22.04.2026