Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Navro‘z bayram arafasida 48 nafar harbiyga yangi uy topshirildi
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘mondonligi tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi Qarshi garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga bayram arafasida 48 xonadonga mo‘ljalangan 4 qavatli xizmat uylari kalitlari topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“XXI asr” qurilish firmasi tomonidan Navro‘z ayyomi arafasida harbiy xizmatchilarga tayyorlangan ushbu tuhfa shinam, keng va ko‘rkam xonalar zamonaviy jihozlar bilan butlandi. Uy oldida barpo etilgan bolalar maydonchasi kelajak avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolariga ko‘rsatilayotgan e'tiborni e'tirof etishdi.
Unda Qashqadaryo viloyati xokimi Z. Ro‘ziyev va viloyat xokimligi ma'sul shaxslari, harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi ishtirok etdi.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026