Jamiyat | 14:30 / 20.03.2018
10693
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryodagi YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 16 mart kuni soat 15.00larda Maymanoq qishlog‘ida yashagan 1995 yilda tug‘ilgan B.X. o‘zining boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinani “Kasbi-Muborak-Qarliq” 4R-232 yo‘lining 13-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay shu yerda joylashgan avtobus bekatiga urilib to‘qnashuv sodir etgan. 

Natijada haydovchi B.X. va yo‘lovchilari A.E. hamda  Sh.P. jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lganlar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid