Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Matematika bo‘yicha eng nufuzli mukofotni kim qo‘lga kiritgani aytildi
Foto: abelprize.no
Matematiklar uchun eng nufuzli mukofotlardan biri – Abel mukofotini bu yil kanadalik matematik Robert Lenglends qo‘lga kiritdi. Xalqaro matematika ittifoqi va Yevropa matematika uyushmasining qarori haqida Norvegiya fanlar va adabiyot akademiyasi prezidenti Ole Seyyersted ma'lum qilindi, deb xabar beriladi mukofot rasmiy saytida.
Lenglends mukofotni «sonlar nazariyasi bilan farazlar nazariyasini bog‘lovchi ziyrak dastur» uchun qo‘lga kiritdi. Olimning dasturi, mukofot saytida ta'kidlanishicha, «avval bog‘lanmagan deb hisoblangan sonlar nazariyasi hamda garmonik tahlil o‘rtasida chuqur bog‘liqlikni taklif etdi».
Lenglends Nyu-Vestminsterda 1936 yilda tug‘ilgan. Britaniya Kolumbiyasi universitetini 1957 yilda tamomlagan, 1958 yilda ushbu universitetda magistr maqomini olgan. Doktorlik dissertatsiyasini Yyel universitetida 1960 yilda himoya qilgan. Lenglends ayni damda Nyu-Jyersi shtatidagi Prinston istiqbolli tadqiqotlar instituti professori sanaladi.
Mukofotni topshirish marosimi Osloda 2018 yilning 22 may kuni bo‘lib o‘tadi. Mukofot miqdori 715 ming dollarga teng.
Mavzuga oid
18:34 / 06.10.2025
Dunyodagi eng aqlli odam e’lon qilindi
19:42 / 12.07.2025
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi
01:05 / 14.11.2024
Oliy matematika sun’iy intellektning zaif tomoni bo‘lib qolmoqda - tadqiqot
16:40 / 08.10.2024