Jamiyat | 19:30 / 20.03.2018
20288
3 daqiqa o‘qiladi

«SFI Management Group» MChJ XKning Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrigi

SFI Management Group kompaniyasi barchani bahor, yangilanish va quvonch ramzi bo‘lgan Navro‘z bayrami bilan chin dildan tabriklaydi, hamda barchaga o‘zining yuksak hurmati va ezgu tilaklarini bildiradi.

Ma'lumki, dunyoda juda ko‘plab ajoyib va yorqin bayramlar mavjud. Biroq, Navro‘z o‘zining qadimiyligi hamda go‘zalligi, chuqur mazmuni bilan ular orasida ajralib turadi va u xalqimizning o‘ziga xosligi hamda mentalitetini aks ettiradi.

Navro‘zning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, u tinchlik va farovonlikni saqlash, odamlar o‘rtasida o‘zaro tushunishni mustahkamlashga chaqiradi. Bu bayramda har qanday xafaliklar unutiladi, janjal va nizolar to‘xtaydi, jamiyatda birdamlik hamda insonparvarlik hukm suradi.

Odamlar bir-birlariga ezgu niyatlar, rahm-shafqat va saxiylik ko‘rsatadilar, hasharlar o‘tkazishadi, mahallalar va butun mamlakatni obodonlashtirishga hissa qo‘shadilar.

Shu sababli, ushbu bayram hayotning yosharishi va yangilanishi timsoli sifatida har bir uyda, har bir oilada ochiq qalb, eng katta orzular hamda niyatlar bilan kutib olinadi.

2018 yilning Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili sifatida e'lon qilinishi nuqtai nazaridan ham Navro‘z bayrami alohida ahamiyatga ega. U mamlakat rahbariyatining iqtisodiyotni yangilash va modernizatsiya qilish, xalq farovonligini yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslari mohiyatini aks ettiradi.

Fursatdan foydalanib, barchaga ijodiy yutuqlar, tadbirkorlik qobiliyati namoyon bo‘lishi, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi uchun harakatlarni safarbar etishni tilaymiz. Navro‘z barchaga farovonlik, ko‘plab baxtli va yorqin kunlarni keltirsin, hamda barcha orzular ro‘yobga chiqsin! Kirib kelgan bahor sizlarga yangi kuch bag‘ishlasin hamda yangi marralar, yutuqlar va eng jasur maqsadlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha turtki bersin!

Mavzuga oid