Jamiyat | 03:00 / 20.03.2018
124464
2 daqiqa o‘qiladi

«Taslim bo‘lma!». Oqqonga qarshi birga kurashamiz

Kun.uz tahririyatiga o‘nlab bemorlar murojaat qilib, turmushdagi moliyaviy qiyinchilik tufayli farzandini davolata olmayotganini aytib, yordam so‘raydi.

Youtube'da ko‘rish

Mover.uz'da ko‘rish

Ayrim hollarda tungi soatlarda ham qo‘ng‘iroq bo‘ladi:

«Shu kungacha o‘zimiz harakat qildik, bugun yengildik. Iltimos, bolamizning davolanishiga, hayotini davom ettirishiga yordam bering».

Tahririyat shu kungacha muhtojlar uchun xayriya aksiyalari o‘tkazib, saxovatli o‘quvchilar ko‘magi bilan bemorlarning davolanishida vositachilik qilib kelmoqda.

Navbatda leykozdan (oqqon) aziyat chekuvchi bolalar uchun maxsus xayriya aksiyasi.

Bu aksiya yangi mexanizm asosida davom etadi, shu maqsad yo‘lida yagona bank plastik kartasi ochiladi. Xayriya uchun o‘tkazilgan barcha mablag‘lar yagona bank plastik karta hisob raqamiga yig‘iladi.

Bu ishda Toshkent gematologiya va qon quyish ilmiy markazi bilan hamkorlik qilinadi. Bunda ota-onalari yordam so‘rab murojaat qilishdan tortingan bemor bolalarni ham qamrab olish ko‘zda tutilgan.

Haftaning ma'lum bir kunida yig‘ilgan mablag‘larga dori-darmonlar xarid qilinadi va ilmiy markazga boriladi. Shifokorlar ishtirokida yordamga muhtoj bemorlarga zarur dori-darmonlar yetkaziladi.

Har 10 kunda bir marta hisobot e'lon qilinadi, o‘tgan davr mobaynida xayriya qilingan pullar o‘z egalariga yetib borgani, bemor bolalarga dori-darmonlar yetkazib berilgani nazorat qilinadi.

Mavzuga oid