Jamiyat | 11:35 / 20.03.2018
11496
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda aka o‘z ukasini pichoqladi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 15 mart kuni soat 21.30larda Jarariq dahasi 18-uyda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1974 yilda tug‘ilgan L.T. uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashovchi ukasi, 1977 yilda tug‘ilgan V.T.ning qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada V.T. kasalxonaga yotqizilgan. L.T. qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid