Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qildi. Bu haqda Kreml rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Tramp Putinni saylovdagi g‘alaba bilan qutlagan.
Ikki davlat rahbarlari muloqot chog‘ida xalqaro kun tartibidagi dolzarb mavzularni, xususan, Ukraina va Suriya masalasini muhokama qilishgan.
«Tomonlar Suriya va Ukrainadagi vaziyatni izga solish uchun harakatlarni jadallashtirish muhimligini qayd etishgan. Ular Koreya yarim orolidagi vaziyatni ham muhokama qilishgan. Putin va Tramp bu masalalarni diplomatik yo‘l bilan hal qilish zarurligiga e'tibor qaratishdi.
Muloqot ishchi xarakterda, Rossiya-Amerika munosabatlaridagi muammolarni hal qilishga qaratilgan ruhda o‘tkazildi», deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi
15:51 / 15.01.2026
Bloomberg: Trampning maxsus vakillari Putin bilan uchrashishi mumkin
09:50 / 15.01.2026
Tramp: Putin tinchlikni istayapti, kelishuvga Zelenskiy to‘sqinlik qilyapti
22:33 / 09.01.2026