Sport | 19:20 / 22.03.2018
10405
2 daqiqa o‘qiladi

Superliganing yana ikkita uchrashuvi boshqa muddatga ko‘chirildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Superligasining 4-tur doirasida o‘tkazilishi belgilangan yana ikkita uchrashuv boshqa kunga ko‘chirildi.

FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida, qolaversa, musobaqa o‘tkazish Reglamentida belgilanganidek, klubning uch va undan ortiq futbolchilari terma jamoalarga chaqirilgan taqdirda chempionat uchrashuvini boshqa muddatga ko‘chirish imkoniyatiga ega ekanligidan kelib chiqib,  O‘zbekiston milliy terma jamoasining Senegal hamda Marokashga qarshi hamda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Keniyaga qarshi o‘tkazadigan uchrashuvlari bois, 4-tur doirasidagi bir qator o‘yinlar boshqa muddatga ko‘chirildi.

Unga ko‘ra, «Paxtakor» – «Neftchi» uchrashuvi 30 martdan 31 martga, «Bunyodkor» – «Buxoro» uchrashuvi esa 31 martdan 30 martga ko‘chirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 4-turdan o‘rin olgan AGMK va «Lokomotiv» jamoalari uchrashuvi noma'lum muddatga qoldirilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid