Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda avtobus ishtirokida YTH, qurbonlar ko‘p
Foto: Sunthorn Pongpao
Tailand shimoli-sharqidagi Nakxonratchasima provinsiyasida ikki qavatli avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Voqea oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, yana taxminan 35 inson jarohat oldi. Bu haqda Vangkok Post politsiya ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, ichida 50 yo‘lovchi bo‘lgan avtobus Chantxaburi provinsiyasidan Sakonnakxonga yo‘l olayotgan edi. To‘qnashuv natijasida avtobus yo‘ldan chiqib ketdi va ag‘darilgan, yuk mashinasi esa daraxtga kelib urilgan.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 15 kishi voqea joyida halok bo‘ldi, jabrlanuvchilar yaqin oradagi shifoxonaga yetkazildi. Avtobus haydovchisi ro‘y bergan hodisadan so‘ng omon qolgani aytilyapti.
Mavzuga oid
11:36 / 25.03.2026
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
12:52 / 19.03.2026
23 martdan Toshkent - Chorvoq avtobus qatnovi qayta tiklanadi
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
23:31 / 18.03.2026