O‘zbekiston | 10:19 / 22.03.2018
72108
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik migrantlar 2017 yilda Rossiyadan qancha pul yuborishgani ma'lum bo‘ldi

Foto: thefinancialexpress

2017 yilda Qirg‘izistondan kelgan migrantlar Rossiyadan vatanlariga 2,21 mlrd AQSh dollarini yuborishgan. Jismoniy shaxslar pul o‘tkazmalari bo‘yicha statistika Rossiya Markaziy bankining saytida e'lon qilindi.

Shunday qilib, qirg‘izistonliklar 2013 yilda o‘rnatilgan, Rossiyadan pul o‘tkazmalari miqdori bo‘yicha o‘z rekordlarini yangilashdi. O‘shanda migrantlar Qirg‘izistonga Rossiyadan 2017 yildagi ko‘rsatkichdan 5 foizga kamroq pul o‘tkazishgan. 2016 yilda pul o‘tkazmalari 27 foizga kamroq bo‘ldi.

2017 yilda O‘zbekistondan kelgan migrantlar Rossiyadan vatanlariga 3,9 mlrd AQSh dollari yuborishdi. Bu 2016 yilgi o‘tkazmalar darajasidan 42 foizga ko‘p va rekord ko‘rsatkich o‘rnatilgan 2013 yilga nisbatan 42 foizga kam.

Rossiyada ishlayotgan Tojikiston fuqarolari o‘tgan yili uylariga 2,54 milliard dollar yuborishdi. Bu 2016 yilga nisbatan 31 foizga ko‘p va 2013 yilga nisbatan 40 foizga kamdir. 2013 yilda Tojikistondan kelgan migrantlar tomonidan o‘rnatilgan rekord yangilanmadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid