Jahon | 14:30 / 23.03.2018
11380
1 daqiqa o‘qiladi

Bahordagi qish. Nyu-York va Vashington qorga burkandi

Atlantikaning g‘arbiy qirg‘oqlariga qor bo‘ronlari yopirildi. Ayni vaqtda, bahorning birinchi oyi oxirida Vashington, Nyu-York va Filadelfiya qorga burkangan.

Nyu-Yorkda qor qalinligi 25 santimetrga chiqqan (ayrim hududlarda 36 santimetgacha). Hududda shamol tezligi 32 km/coatga yetgan. Havo harorati 6 daraja atrofida.

Nyu-Yorkdagi maktablar, universitetlar va boshqa davlat muassasalari vaqtinchalik yopilgan.

Yilning bu vaqtida Nyu-Yorkda bunday ob-havo ko‘p vaqtdan buyon ilk marta kuzatilmoqda.

Shahar ko‘chalarini tozalash uchun bor imkoniyatlar safarbar qilingan.

Reuters Nyu-York, Filadelfiya va Vashingtondagi qor manzaralarini taqdim etdi.

 

Mavzuga oid