Jahon | 09:43 / 23.03.2018
17359
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml xalqaro munosabatlardagi «sovuq urush» elementlari haqida ma'lum qildi

Foto: Sergey Guneyev/RIA «Novosti»

Rossiya prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, so‘nggi paytlarda xalqaro munosabatlarda «sovuq urush» elementlari ko‘plab uchramoqda. Bu haqda RT xabar berdi.

«Biz «sovuq urush»ning ko‘plab elementlariga guvoh bo‘lmoqdamiz hamda, afsuski, o‘zimizning kun tartibimizda «sovuq urush»ning juda ko‘plab elementlariga duch kelyapmiz, va bunga xalqaro munosabatlarda ham to‘qnash kelmoqdamiz», - deya aytib o‘tdi Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «hamma davlatlar ham mustahkamlanib borayotgan Rossiya va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yetakchiligini qabul qila olmayapti».

Mavzuga oid