Jahon | 16:36 / 24.03.2018
8335
1 daqiqa o‘qiladi

Barselonada to‘qnashuvlar, 35 kishi jabrlandi

Foto: Reuters

Barselonada mitingga chiqqan odamlar va politsiya o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida 35 kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» shahar tibbiyot xizmatlariga tayangan holda.

Norozilik aksiyasi ishtirokchilari Ispaniya hukumati vakolatxonasining binosiga yaqinlashishga urinishgan. Biroq, politsiya ularning yo‘lini to‘sib chiqdi.

Ta'kidlanishicha, namoyishchilar politsiyachilarga shisha idishlar va tutunli shashkalarni otishgan.

Barselona va Kataloniyadagi boshqa shaharlarda norozilik aksiyalari Ispaniya Oliy sudi mustaqillik to‘g‘risidagi noqonuniy referendum tufayli kataloniyalik 25 siyosatchiga ayblov qo‘ygani tufayli boshlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid