Sport | 21:35 / 24.03.2018
5390
1 daqiqa o‘qiladi

Iste'foga chiqarilgani aytilgan «Qizilqum» murabbiyi ishini davom ettiradigan bo‘ldi

Superliganing 3-tur doirasidagi «Nasaf»ga karshi bahsdan keyin iste'fo chiqmokchi bo‘lgan Hamidjon Aktamov klubdagi ishini davom ettiradi. Bu haqda «Qizilqum» matbuot xizmati Tribuna.Uz‘ga ma'lum qildi.

Oldinroq klub matbuot xizmati tomonidan 3-tur bellashuvidan keyin «Qizilqum» bosh murabbiyi iste'fo berganligi haqida xabar tarqatilgandi. Ammo bu xabar o‘z tasdig‘ini topmadi va mutaxassis bulajak uyinlarda xam jamoani boshqarishda davom etadi.

«Qizilqum» matbuot xizmati tushunmovchilik uchun  muxlislardan uzr so‘raydi», deyiladi klub bayonotida.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid