22:03 / 24.03.2018
19180

Poytaxtlik bir guruh yigitlar ko‘chalardagi chuqurlarni hashar yo‘li bilan ta'mirlashdi

Qadimiy hikmat kitoblarida yo‘lda yotgan birgina toshni olib tashlash qanchalar ulug‘ savob ekanligi haqida ko‘p yozilgan. Yo‘l qurish, yo‘lni obod etish juda katta yaxshilikdir. Bugun biz yo‘llarimizdagi muammolar haqida bosh qotirayotgan bir paytda poytaxtlik yigitlar o‘z tashabbuslari bilan ularni imkonlari qadar ta'mirlashmoqda, hashar qilib, el koriga yarashmoqda. Bunday deyishimizga sabab bor. Facebook foydalanuvchilaridan biri Abdurahim Jalilov do‘stlari yordamida qilingan ana shunday xayrli amal haqida shunday hikoya qiladi.

“Ko‘kcha-Oqtepa yo‘lidagi ba'zi xavfli chuqurlarni yamagan do‘stlarim yana qo‘ng‘iroq qilishdi. Hayratlanib, tinchlikmi, kech bo‘lganda, desam bugun ham yo‘ldagi katta chuqurlarni yopamiz, sening uyingda shag‘al bor ekan, olaveraylikmi, deyishdi. Men hursandligimdan, albatta, deya bu ishga hissam qo‘shilayotganidan xursand bo‘lib ketdim! Va o‘zim ham do‘stlarim oldiga yugurdim! Bu galgi savobli ishda oldingidanda ko‘proq mahalla bolalari ishtirok etishdi va oldingidan ancha ko‘proq yo‘ldagi chuqurlarni tezlik bilan yamadik! 

Foto: facebook\Abdurakhim Jalilov

Bizni ish jarayonida ko‘plab haydovchilar “Baraka topinglar” deya signal chalib, ba'zilari esa suv va stakanlar olib kelib, birgalashib duo qilishlari juda-juda ruhlantirdi!”.

Foto: facebook\Abdurakhim Jalilov

Bu nazarimizda maqtanish uchun aytilingan gaplar emas. Haqiqiy insoniylik namunasidir. Yaxshi insonning amalini ko‘rgan har qanday kishi undagi go‘zal holatni ko‘rib, o‘zi ham ana shunday xayrli ishlarga hissasini qo‘shgisi keladi. O‘ylaymizki, yurtimizning boshqa go‘shalarida ham mana shunday xalqparvar kishilar tomonidan savobli ishlar amalga oshiriladi.

Foto: facebook\Abdurakhim Jalilov
Foto: facebook\Abdurakhim Jalilov
Foto: facebook\Abdurakhim Jalilov
Foto: facebook\Abdurakhim Jalilov

 

Mavzuga oid
Top