Poroshenko AQShga minnatdorlik bildirdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko feysbukdagi sahifasida AQShga 2018 yilgi byudjyet loyihasi qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirdi. Unga ko‘ra, Ukrainaga moliyaviy yordam sifatida 620 mln dollar ajratish nazarda tutilgan.
«Prezident Donald Tramp va AQSh kongressiga byudjyet qonuni qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorman, u 2018 yilda Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun xarajatlar oshirilishini nazarda tutadi. Bu kuchli va o‘z vaqtida berilgan signaldir, u navbatdagi marta Ukrainaning demokratik islohotlar yo‘li bilan rivojlanishida ikki partiyali qo‘llab-quvvatlov to‘g‘ri ekanini ko‘rsatib berdi», - deya yozgan Poroshenko.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, bunday qaror «Ukraina mudofaa salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha real amaliy yordamdir».
Mavzuga oid
10:09
AQShning Polshadagi yangi RQM bazasi Rossiya raketalarini urib tushira oladi
13:07 / 13.10.2024
«Chekmaydi va onda-sonda ozgina ichadi». Kamala Harris o‘z tibbiy kartasini e’lon qildi
21:00 / 12.10.2024
Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik ustidan Rossiyada sud boshlandi
19:32 / 12.10.2024