Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Skripal Putinga xat yuborib, kechirishni so‘ragan - «Bi-bi-si»
Foto: Screenshot
Solsberida mart oyi boshida zaharlangan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal ikki davlatga ishlagan agent bo‘lganida afsuslangan, sababi bu qaror «uning hayotini zaharlagan». Bu haqda «Bi-bi-si» Skripalning maktab davridagi do‘sti Vladimir Timoshkovga asosan xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, Skripal o‘zini sotqin deb hisoblamagan, sababi, Timoshkovning so‘zlariga ko‘ra, «u Rossiyaga emas, balki Sovet Ittifoqiga, sotsialistik vataniga sodiq bo‘lish haqida qasamyod keltirgan».
Shuningdek Timoshkovning aytishicha, Skripal Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yuborib, unda «butunlay kechirish» va vatanga qaytish imkoniyatini taqdim etishni so‘ragan. Rossiyada u onasi, ukasi va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishmoqchi bo‘lgan. «Bi-bi-si» ma'lumotlariga ko‘ra, Kremlda Skripaldan xat olingani haqidagi holatni tasdiqlashmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeI yetakchilari Skripal ishida Rossiyaning qo‘li borligini tan olishgandi.
Mavzuga oid
16:15
Mersga Kremldan "hujum": AQShning Ukraina bo‘yicha roli atrofida bahs kuchaymoqda
15:44
AQSh YeI davlatlarini Kiyevga Rossiya aktivlari hisobidan kredit bermaslikka chaqirdi
14:42
Lev Shlosbergga nisbatan “feyklar” ishi bo‘yicha yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
09:21