Solsberida mart oyi boşida zaharlangan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal ikki davlatga işlagan agent bölganida afsuslangan, sababi bu qaror «uning hayotini zaharlagan». Bu haqda «Bi-bi-si» Skripalning maktab davridagi dösti Vladimir Timoşkovga asosan xabar bermoqda.
Xabar qilinişiça, Skripal özini sotqin deb hisoblamagan, sababi, Timoşkovning sözlariga köra, «u Rossiyaga emas, balki Sovet Ittifoqiga, sotsialistik vataniga sodiq böliş haqida qasamyod keltirgan».
Şuningdek Timoşkovning aytişiça, Skripal Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yuborib, unda «butunlay keçiriş» va vatanga qaytiş imkoniyatini taqdim etişni söragan. Rossiyada u onasi, ukasi va boşqa qarindoşlari bilan körişmoqçi bölgan. «Bi-bi-si» ma'lumotlariga köra, Kremlda Skripaldan xat olingani haqidagi holatni tasdiqlaşmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq YeI yetakçilari Skripal işida Rossiyaning qöli borligini tan olişgandi.












