Jahon | 11:50 / 25.03.2018
63779
1 daqiqa o‘qiladi

17 soat davomida to‘xtovsiz uchgan samolyot Londonga qo‘ndi

Qantas Airlines aviakompaniyasi samolyoti Avstraliyadan Buyuk Britaniyaga to‘xtamasdan parvoz qildi. Bu marshrut bo‘yicha ilk reysni amalga oshirgan samolyot Londondagi Hitrou aeroportiga qo‘ndi.

Samolyot havoda uzluksiz 17 soat bo‘ldi: u Pyort shahridan 24 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00da parvozga chiqdi va Buyuk Britaniya poytaxtiga 25 mart kuni ertalab soat 05:00 atrofida qo‘ndi.

Samolyot bortida ekipajning 16 a'zosi va 200 nafardan ortiq yo‘lovchi Buyuk Britaniyaga keldi. Parvoz masofasi 14498 kilometrni tashkil etdi, parvoz Boeing 787-9 Dreamliner samolyotida amalga oshirildi.

 

Mavzuga oid