Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya ilk ballistik raketalarini sinovdan o‘tkazdi
Foto: Anadolu
Turkiya Sinopdagi harbiy poligonda o‘zi ishlab chiqargan ilk ballistik raketalar sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.
Gap kichik va o‘rta masofalarga mo‘ljallangan Gokdogan va katta masofalarga mo‘ljallangan Bozdogan raketalari haqida bormoqda. Ta'kidlanishicha, sinov vaqtida mutaxassislar raketalarning mo‘ljalga olish tizimi o‘chirilgandan keyin ularning dvigateli imkoniyatlarini baholay olishgan.
2018 yil oxirgi choragida raketalarni harakatlanayotgan nishonlarni mo‘ljalga olish uchun yerdagi qurilma va samolyotdan uchirish rejalashtirilmoqda.
Gokdogan va Bozdogan raketalari Turkiya fan-texnika kengashi va Mudofaa sanoati ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan yaratilgan. Raketalar ilk bor 2017 yilda Istanbulda o‘tgan XIII Mudofaa sanoati mahsulotlari xalqaro ko‘rgazmasida taqdim qilingan. Raketalarni loyihalashni 2020 yilda yakunlash mo‘ljallangan. Shundan keyin raketalar seriyali ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid
21:02 / 25.03.2026
Turkiya arab davlatlarini Eron bilan urushmaslikka ko‘ndirmoqchi
16:36 / 21.03.2026
Bir guruh hatayliklar Navro‘zni O‘zbekistonda nishonlamoqda
12:25 / 20.03.2026
Turkiyada o‘zbekistonlik ayolga hujum qilindi: ikki erkak ushlandi
10:13 / 17.03.2026