Foto: Navoiy viloyatida kuzatilgan kuchli shamol oqibatlari
Joriy yilning 25 mart kuni soat 16:00dan 16:30gacha Navoiy viloyati, Tomdi tumani «Yangi Tomdi» QFYda shamol tezligi 18 m/s gacha kuchayishi kuzatildi, deb xabar qilmoqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi.
Qayd etilishicha, kuchli shamol, ATB «Agrobank» tuman filiali binosining 1120 kv.m va 2 qavatli shaxsiy yashash uyining 522 kv.m tom qismlarini buzilishiga olib kelgan.
Kuchli shamol oqibatlarini bartaraf etish uchun Tomdi tumani hokimiyatida tuman hokimi rahbarligida Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar boshqarmalaridan, tuman kommunal xizmati va boshqa tegishli idoralar vakillaridan iborat shtab tashkil etilib, kerakli kuch va vositalar safarbar etildi.
Hozirgi vaqtda binolarning tomlarini ta'mirlash uchun avariya-tiklash tadbirlari tashkil etilgan.
Ta'kidlanishicha, kuchli shamol natijasida jabrlanganlar haqida ma'lumot kelib tushmadi.
Mavzuga oid
14:06 / 11.10.2024
Ruldagi bola qamalar, Gentra’ni ijaraga bergan-chi? Noqonuniy mashina ijarasi o‘smirlar o‘limiga sabab bo‘lmoqda
14:28 / 28.09.2024
Navoiyda zaharli ilon va chayonlar pitomnigi tashkil etildi
19:51 / 12.09.2024
Merey Omonboyevaning ishi sudga chiqdi
10:19 / 19.08.2024