Jahon | 11:28 / 26.03.2018
9455
1 daqiqa o‘qiladi

Kataloniyada to‘qnashuvlar avjida, qariyb 100 kishi jabrlandi

Foto: El Pais

Kataloniyada muxtor hudud sobiq yetakchisi Karles Puchdemon hibsga olinganiga qarshi chiqqanlar va politsiyachilar o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlar natijasida taxminan 98 kishi jarohat oldi. Bu haqda El Pais tibbiy xizmatlarga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Barselonada 98 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, ular orasida huquqni muhofaza qilish organlarining 22 xodimi bor. Leridda yana 7 kishi, Tarragonda esa 1 inson jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Barselonada mitingga chiqqan odamlar va politsiya o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida 35 kishi jabrlangani xabar berilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid