Skripal zaharlanishi yuz bergan kun haqida yangi ma'lumot paydo bo‘ldi
Britaniyaning Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanish bilan bog‘liq hodisa yuz bergan kunda to‘rt soatga o‘z telefonidagi GPS’ni o‘chirib qo‘ygan. Bu haqda The Times o‘z manbalariga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bunday holat bir narsadan darak beradi – Skripallar kim bilandir maxfiy uchrashuv o‘tkazishgan bo‘lishi mumkin. Skotlend-Yard politsiyachilari ushbu ma'lumotlarga hech qanday izoh berishmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Bi-bi-si» telekanali Skripal Putinga xat yuborib, kechirishni so‘ragani haqida xabar bergandi. Xabar qilinishicha, Skripal o‘zini sotqin deb hisoblamagan, sababi «u Rossiyaga emas, balki Sovet Ittifoqiga, sotsialistik vataniga sodiq bo‘lish haqida qasamyod keltirgan». Aytilishicha, Skripal Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yuborib, unda «butunlay kechirish» va vatanga qaytish imkoniyatini taqdim etishni so‘ragan.
Mavzuga oid
18:15
Britaniya qirolining Londondagi qarorgohi ta’mirlash ishlari tufayli uch yilga yopiladi
14:48
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
21:46 / 23.11.2024
Charlz III ning toj kiyishi britaniyaliklarga 90 mln dollarga tushgani ma’lum bo‘ldi
23:36 / 20.11.2024