O‘zbekiston | 10:18 / 26.03.2018
8344
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda o‘zbek trikotajidan kiyimlar tikiladi

Foto: Sputnik

Tojikistonda o‘z ishida O‘zbekistondan keltirilgan trikotaj matolardan foydalanadigan yangi tikuvchilik sexlari ochiladi. Bu haqda tojik OAV xabar bermoqda.

Dushanbeda bo‘lib o‘tgan sohaga oid ko‘rgazma yakunlari bo‘yicha O‘zbekistondan Tojikistonga trikotaj matolarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, shuningdek, to‘qimachilik korxonalari bilan shartnomalar tuzildi, deya xabar beradi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati.

Bundan tashqari, «Buka Boxing Sportswear» MChJ va Dushanbe boks federatsiyasi, «Avazxon Kelajak Tekstil Servis» MChJ hamda «SOXTMON M-21» MChJ o‘rtasida shartnoma imzolandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid