Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalariga imtiyozlar beriladi
“To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida islohotlarni jadallashtirish va eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025 yil paxta hosilini nobud qilmasdan, o‘z vaqtida terib olishni ta’minlash maqsadida fermer xo‘jaliklariga ular tomonidan qayta ishlovchi korxonalarga, shu jumladan, klasterlarga birja savdolari orqali sotilgan har bir tonna paxta xomashyosi uchun 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi.
Klasterlar va tarmoq korxonalari o‘z mablag‘i hisobidan paxta yetishtirsa yoki xarid qilsa, xomashyo qiymatining 10 foizi qoplab beriladi.
2025 yil 1 sentabrdan 3 yil muddatga:
🔹 klasterlar, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalariga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi;
🔹 belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan va O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan aralash mato va gazlama mahsulotlari, charm va ipak sanoati uchun zarur xomashyolar bojxona bojidan ozod etiladi.
Mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlari soni 200 dan ortiq bo‘lgan paxta-to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan shartlarda davlat budjetidan subsidiya ajratiladi.
Mavzuga oid
08:21 / 01.06.2026
Xitoyning ikki yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida
09:09 / 14.04.2026
O‘zbekistonda elektron tijorat uchun bond omborlari tashkil etiladi
10:31 / 30.03.2026
Issiqxona xo‘jaliklariga yangi imtiyozlar beriladi
09:37 / 30.03.2026