«O‘zneftmahsulot» benzin narxi oshishi haqidagi xabarlarni inkor etdi
«O‘zneftmahsulot» joriy yilning 1 aprel sanasidan benzin narxi qimmatlashishi kutilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
«O‘zneftmahsulot» AJ matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, yaqin kelajakda yonilg‘i mahsuloti narxi o‘zgarmaydi. Shuningdek, yonilg‘i narxi o‘zgarishi nazarda tutilayotgani ham yo‘q.
«Demak, xavotirga o‘rin yo‘q, avtobenzin narxi oshmaydi», deyiladi O‘zA xabarida.
So‘nggi bor O‘zbekistonda 2017 yil 14 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 913-sonli qarori bilan 2017 yilning 15 noyabridan avtobenzin narxlari quyidagicha belgilangan:
1 litr Ai-80 markadagi avtobenzin uchun — 3800 so‘m
1 litr Ai-91 avtobenzin uchun — 4300 so‘m
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 fevraldagi 149-sonli qaroriga binoan joriy yilning 1 mart sanasidan
1 litr Diezel yonilg‘isi narxi – 4600 so‘m,
1 litr EKO rusumli Diezel yonilg‘isi narxi– 4700 so‘m etib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida ushbu narxlarga amal qilinadi.
Mavzuga oid
07:40 / 30.10.2024
Toshkent shahridagi ayrim AYoQShda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
12:30 / 24.10.2024
Toshkent viloyatining uch hududida sifatsiz benzin sotayotgan AYoQSh aniqlandi
07:30 / 23.10.2024
Toshkent viloyatidagi ayrim zapravkalarda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
16:20 / 21.10.2024