O‘zbekiston | 16:50 / 27.03.2018
9900
3 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat kotibi o‘rinbosari: «Toshkent konferensiyasi juda muhim tashabbus» - videointervyu

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Matbuot xizmati yurtimizda bo‘lib turgan AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon bilan eksklyuziv intervyuni taqdim etdi.

— Afg‘oniston masalalari bo‘yicha Toshkent konferensiyasida qatnashish imkoniyati berilgani uchun tashakkur. Meni O‘zbekiston prezidenti qabul qilgani juda katta sharaf. Bugun mamlakatingiz Afg‘onistonning tiklanishi, bu diyorda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishida katta rol o‘ynamoqda. Bu ishlar mazkur mamlakat rahbariyati tomonidan, xalqaro hamjamiyat ko‘magida amalga oshirilishi lozim.

Biz davlatingiz rahbari bilan uchrashuvimiz asnosida jahonning ko‘plab davlatlarini birlashtirgan, Afg‘onistoni tiklash, u yerda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish yuzasidan o‘tkazilayotgan ushbu konferensiyada paydo bo‘lgan imkoniyatdan qay tarzda unumli foydalanishimiz mumkinligi xususida fikrlashdik.

Eng asosiysi «Tolibon» harakati Afg‘oniston rahbariyati bilan muzokara stoliga o‘tirishi kerak. Ular pirovard oqibatda muammoni yechish yo‘llarini izlab topgan bo‘lishardi.

Aynan ushbu konferensiyadan nimalar kutilayotganligi haqidagi savolga Tomas Shennon quyidagicha javob berdi:

— O‘z pozitsiyamdan tashqari Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumatining munosabatini ham tilga olib o‘tishim kerak. Bir necha muhim lahzalarni qayd etmoq kerak.

Birinchisi — ushbu xalqaro forum — Toshkent konferensiyasi Kobul jarayonidan keyin ro‘y bermoqda, u yerda tinchlik jarayoni afg‘on xalqi, afg‘on vakillari rahbarligida o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan edi.

Ikkinchisi — Afg‘onistonning qo‘shnisi bo‘lmish O‘zbekiston o‘z hududida bunday tadbirni o‘tkazishi unda markaziy osiyolik hamkorlar bilan bir qatorda boshqa manfaatdor tomonlarning keng doirasi ham ishtirok etishini bildiradi. Bu Kobul tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlashni bildiradi. O‘z navbatida bu nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro kontekstga ega.

Men buni juda muhim tashabbus deb bilaman va bu barchamizga katta ishonch bag‘ishlaydi.

Mavzuga oid