O‘zbekiston | 14:30 / 27.03.2018
10017
1 daqiqa o‘qiladi

Elyor Toshpo‘latov Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi raisi etib tasdiqlandi

Elyor Abduhoshimovich Toshpo‘latov Hukumat qaroriga muvofiq Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi Prezidentning 2018 yil 23 fevraldagi qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi respublikada xorijiy texnologiya asosida mahalliy kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish, hosildorligi yuqori bo‘lgan kartoshka ko‘chatlarini yetishtirishni tashkil etish hisoblanadi.

Shuningdek, tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib Qo‘rg‘ontepa, Kitob, Shahrisabz, Yangiqo‘rg‘on, Bulung‘ur, Zomin, Baxmal, Bo‘stonliq tumanlari urug‘likka mo‘ljallangan kartoshkani yetishtirishga ixtisoslashtirilgan tumanlar etib belgilangan edi.

Avvalroq, O‘zbekiston zargarlik sanoati uyushmasiga rais tayinlangani xabar berilgandi.

Mavzuga oid