Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ixtisoslashgan tumanlarda urug‘lik kartoshka yetishtirishga qo‘yiladigan me’yorlar belgilandi
Adliya vazirligi kartoshkaning «in-vitro» o‘simligi, mikro va mini-tuganaklarini tayyorlash, shuningdek, yuqori avlodli urug‘lik kartoshka yetishtiriladigan hududlar va yetishtiruvchi sub’yektlarga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga olgan hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Adliya vazirligi tomonidan kartoshkaning «in-vitro» o‘simligi, mikro va mini-tuganaklarini tayyorlash hamda yuqori avlodli urug‘lik kartoshka yetishtiriladigan hududlar va yetishtiruvchi sub’yektlarga qo‘yiladigan talablar belgilangan hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3712, 2025 yil 26 noyabr).
Ushbu hujjat prezidentning 2025 yil 8 sentabrdagi PQ–269-son qaroriga muvofiq qabul qilingan bo‘lib, unda quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha talablar belgilab qo‘yilgan:
ilmiy muassasalar va tadbirkorlarning kartoshkaning «in-vitro» o‘simligi, mikro va mini-tuganaklarini yetishtirish faoliyatiga oid talablar;
masket to‘r bilan o‘ralgan issiqxona yoki himoyalangan inshootlarga qo‘yiladigan texnik va agrotexnologik talablar;
ixtisoslashgan tumanlarda (Bulung‘ur, Zomin, Baxmal, Bo‘stonliq, Shahrisabz, Kitob, Qo‘rg‘ontepa, Yangiqo‘rg‘on va So‘x) kartoshkaning mini-tuganagidan yuqori avlodli urug‘lik kartoshka yetishtiruvchi sub’yektlar faoliyatiga oid talablar;
kartoshka yetishtiruvchi sub’yektlarning hududlari, ularning holati va infratuzilmasiga qo‘yiladigan talablar.
Hujjatga ko‘ra, yuqori avlodli urug‘lik kartoshka yetishtirishda yer maydoni tuman aprobatsiya komissiyasi tomonidan har yili kamida ikki marta aprobatsiyadan o‘tkazilishi shart. Aprobatsiya urug‘lik kartoshkaning gullash davrida va tuganaklar shakllanayotgan davrda amalga oshiriladi.
Belgilangan talablar urug‘lik kartoshka sifati va hosildorligini oshirish, ilmiy yondashuv va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etgan holda tarmoqda sifatli urug‘ materiallari bazasini shakllantirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
11:28 / 24.03.2026
Afg‘onistondan kartoshka ko‘rinishida olib o‘tilayotgan 72 kg gashish fosh qilindi
13:04 / 10.11.2025
Samarqand kartoshka hosili bo‘yicha boshqa hududlardan ilgariladi
14:00 / 08.09.2025