Sport | 16:20 / 27.03.2018
12670
1 daqiqa o‘qiladi

Marokash - O‘zbekiston. O‘yin «Sport TV»da jonli efirda namoyish etiladi

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Marokashga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

O‘yin Kasablanka shahrida bo‘lib o‘tadi. Soat 23:55da boshlanadigan bahs «Sport TV» orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni terma jamoa Afrikaning boshqa vakili - Senegalga qarshi bahs o‘tkazgan va 1:1 hisobida durang qayd etgandi.

Ma'lumot uchun, Marokash shu yil Rossiyada o‘tkaziladigan Jahon chempionatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida ular Ispaniya, Portugaliya va Eron jamoalari bilan bellashadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid