Jamiyat | 16:49 / 28.03.2018
12496
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada ayol kishini pichoqlagan erkak qo‘lga olindi

Illyustrativ foto/bun.com.ua

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma'lum bo‘lishicha, 26 mart kuni soat 18.20larda, M.Hasanov ko‘chasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan B.B. mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida tanishi, 1992 yilda tug‘ilgan Sh.N.ning bosh va ko‘krak qismlariga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada Sh.N. kasalxonaga yotqizilgan. B.B. qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid