Jamiyat | 10:49 / 28.03.2018
5299
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyatida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda - FVV

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimining (FVDT) 2018 yil asosiy tadbirlar rejasiga asosan 2018 yilning 27 mart kunidan boshlab 29 mart kuniga qadar Navoiy viloyatining Karmana tumanida «Boshqaruv organlari, FVDTning quyi tizimlari bilan tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakati» mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

O‘quv mashqiga FVDT hududiy quyi tizimi organlari rahbarlar tarkibi hamda ularning kuch va vositalari, iqtisodiyot obektlari, ommaviy axborot vositalari jalb etildi.

Foto: FVV axborot xizmati

Xabar berish tizimining tayyorgarligi va barqaror ishlashini tekshirish, FVDT hududiy quyi tizimi organlarining favqulodda vaziyatlarda funksional vazifalarini bajarish yo‘nalishlarini aniqlashtirish, avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni bajarishda moddiy-texnik ta'minot masalalarini hal etish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini ko‘rib chiqish o‘quv mashqining asosiy maqsadi etib belgilandi.

O‘quv mashg‘ulotining birinchi kunida bir qator taktik-maxsus o‘quv mashqlari o‘tkazilib, ularning tarkibida Fuqaro muhofazasi kunlari tashkil etildi. Ayni tadbirlarda favqulodda vaziyatlarda xabar berish, ular sodir bo‘lganda birlamchi vazifalarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan mexanizatsiyalashtirilgan otryadlarning favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga shayligi sinovdan o‘tkazildi.

Foto: FVV axborot xizmati
Foto: FVV axborot xizmati
Foto: FVV axborot xizmati
Foto: FVV axborot xizmati

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi 29 martga qadar davom etadi.

 

Mavzuga oid