Tereza Mey milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi doktrinani taqdim etdi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning ma'lum qilishicha, endi mamlakat milliy xavfsizligini barcha idoralar birgalikda ta'minlaydi. Bu haqda RIA «Novosti» bosh vazir bayonotiga asosan xabar bermoqda.
Meyning bayonotiga ko‘ra, yangi doktrina London va Manchesterdagi «dahshatli» terrorchilik aktlari, shuningdek, Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal «surbetlarcha» zaharlangani tufayli talab etilgan.
«Shuning uchun, hisobotda aytilganidek («Milliy xavfsizlik sohasidagi imkoniyatlar tahlili»), biz xavfsizlik sohasidagi milliy imkoniyatlarimizdan foydalanish bo‘yicha yangi yondashuvni joriy etamiz. Shu yondashuv bizga milliy xavfsizligikni himoya etgan holda, barcha imkoniyatlardan samarali foydalanishimizga sharoit yaratadi: iqtisodiy dastaklar va o‘ta zamonaviy harbiy resurslardan tortib, jahon arenasidagi diplomatik hamda madaniy ta'sirgacha. Hukumatning har bir qismi va har bir idora o‘zining o‘rniga ega bo‘ladi», - deya ma'lum qildi Mey.
Shuningdek bosh vazir ofisidan ta'kidlashlaricha, milliy xavfsizlik sohasidagi har bir masala bo‘yicha mas'ul shaxs tayinlanadi.
Belgilangan qadamlardan tashqari, Mey ofisidagilar iqtisodiy siyosatni kuchaytirishga va'da berishdi, bu mablag‘larning noqonuniy aylanmasi bilan kurashish uchun kerak. Shuningdek, axborot siyosati sohasida ham qonunchilik yanada mustahkamlanadi.
Mavzuga oid
01:19 / 05.10.2024
Buyuk Britaniya karbonat angidridni saqlaydigan maydonchalarni yaratishga salkam 30 mlrd dollar ajratadi
20:36 / 03.10.2024
Buyuk Britaniya uzoq yillik bahslardan keyin Chagos orolini Mavrikiyga qaytarib beradi
20:47 / 30.09.2024
Britaniyadagi eng yirik po‘lat ishlab chiqaruvchi Tata Steel o‘z faoliyatini to‘xtatadi
21:52 / 17.09.2024