Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Meyning ma'lum qilişiça, endi mamlakat milliy xavfsizligini barça idoralar birgalikda ta'minlaydi. Bu haqda RIA «Novosti» boş vazir bayonotiga asosan xabar bermoqda.

Meyning bayonotiga köra, yangi doktrina London va Mançesterdagi «dahşatli» terrorçilik aktlari, şuningdek, Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal «surbetlarça» zaharlangani tufayli talab etilgan.

«Şuning uçun, hisobotda aytilganidek («Milliy xavfsizlik sohasidagi imkoniyatlar tahlili»), biz xavfsizlik sohasidagi milliy imkoniyatlarimizdan foydalaniş böyiça yangi yondaşuvni joriy etamiz. Şu yondaşuv bizga milliy xavfsizligikni himoya etgan holda, barça imkoniyatlardan samarali foydalanişimizga şaroit yaratadi: iqtisodiy dastaklar va öta zamonaviy harbiy resurslardan tortib, jahon arenasidagi diplomatik hamda madaniy ta'sirgaça. Hukumatning har bir qismi va har bir idora özining örniga ega böladi», - deya ma'lum qildi Mey.

Şuningdek boş vazir ofisidan ta'kidlaşlariça, milliy xavfsizlik sohasidagi har bir masala böyiça mas'ul şaxs tayinlanadi.

Belgilangan qadamlardan taşqari, Mey ofisidagilar iqtisodiy siyosatni kuçaytirişga va'da berişdi, bu mablağlarning noqonuniy aylanmasi bilan kuraşiş uçun kerak. Şuningdek, axborot siyosati sohasida ham qonunçilik yanada mustahkamlanadi.