Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya radiostansiyasi qirol Charlz III vafoti haqida yanglishib e’lon qildi
Radiostansiya kompyuter xatosi tufayli «Monarxning o‘limi» protokoli ishga tushirilganini ma’lum qilib, alohida uzr so‘radi.
Angliyaning janubi va Midlendda efirga uzatiladigan Radio Caroline radiostansiyasi 19 may kuni o‘z efirida Buyuk Britaniya qiroli Charlz III vafot etganini e’lon qildi.
Tinglovchilarning so‘zlariga ko‘ra, joriy ko‘rsatuv to‘satdan to‘xtatilgan, boshlovchilar qirol Charlz III vafoti munosabati bilan ko‘rsatuv to‘xtatilganini ma’lum qilgan va keyin «Xudoyim, asragin qirolni» davlat madhiyasi ijro etilgan. Shundan so‘ng, radio 15 daqiqaga tinchib qolgan. Keyin efirga qaytgan boshlovchilar xato uchun uzr so‘radi.
Keyinroq radiostansiya kompyuter xatosi tufayli Britaniyaning barcha teleradiokompaniyalarida ishlatiladigan «Monarxning o‘limi» protokoli ishga tushirilganini ma’lum qilib, alohida uzr so‘radi. E’londan so‘ng radio protokol talab qilganidek jimib qoldi va bu xatoni vaqtida aniqlash imkonini berdi.
«Radio Caroline qirolichaning, endi esa qirolning Rojdestvo murojaatlarini mamnuniyat bilan efirga uzatgan va buni yana ko‘p yillar davom ettirishga umid qilmoqda», dedi stansiya menejeri Piter Mur.
Mavzuga oid
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026