O‘zbekiston | 10:28 / 29.03.2018
12088
2 daqiqa o‘qiladi

Dushanbe Toshkentdan yengil avtomobillar uchun ekologik bojni bekor qilishni so‘radi

Foto: Sputnik / Vitaliy Ankov

Tojikiston va O‘zbekiston yengil avtomobillar uchun ekologik to‘lovni bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonga o‘z avtomobillari bilan kirib kelayotgan Tojikiston fuqarolari bojxonada 46dan 54 dollargacha miqdorda bo‘lgan ekologik to‘lovni to‘lashmoqda.

Ca-news xabariga ko‘ra, Tojikistonning So‘g‘d viloyati Bojxona boshqarmasidan ma'lum qilinishicha, ko‘plab fuqarolar O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tishda ekologik to‘lov miqdori yuqori ekanidan shikoyat qilishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston qonunchiligida bunday norma yo‘q, hamda Tojikistonga kirayotgan o‘zbek mashinalari bu kabi to‘lovlarni to‘lamaydi. Shuning uchun tojik bojxonachilari o‘zbek hamkasblariga ushbu to‘lov turi bekor qilinishini ko‘rib chiqish taklifini berishgan.

So‘g‘d viloyati bojxonasi xodimining so‘zlariga ko‘ra, to‘lovni bekor qilish yoki uning miqdorini qisqartirish bo‘yicha muzokaralar yaqinda boshlandi hamda tomonlar aprel oyi boshida bir qarorga kelishi kerak.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Tojikiston-O‘zbekiston chegarasidagi chegara postlari amaldagi safar hujjatlari bilan 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etilgandan so‘ng odamlarga to‘la. Biroq, ko‘pchilik ekologik to‘lov tufayli qo‘shni mamlakatga o‘z avtomobilida bormaslikka qaror qilmoqda, shuning uchun ular chegaraga borib, O‘zbekiston hududidan esa taksi yollashadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid