O‘zbekiston | 18:37 / 29.03.2018
17453
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya O‘zbekistonga 10dan ortiq Mi-35 vertolyotlarini yetkazib beradi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya O‘zbekiston bilan 10dan ortiq Mi-35 vertolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Rossiya Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmati rahbari o‘rinbosari Vladimir Drojjov ArmHiTec ko‘rgazmasida jurnalistlarga xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda TASS.

"Kelishuvlarga muvofiq bizda Mi-35 vertolyotlarini yetkazib berish uchun shartnoma imzolandi. Ayni damda muvaffaqiyatli ish ketyapti, hamda O‘zbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlik juda dinamik tarzda rivojlanmoqda", - deya aytib o‘tdi u.

Drojjovning so‘zlariga ko‘ra, yetkazib berish hajmi 10tadan ortiq mashinaga teng bo‘ladi.

Avvalroq TASS’ning diplomatik manbasi ikki mamlakat o‘rtasida 12ta shunday vertolyotni yetkazib berishga shartnoma imzolangani haqida xabar bergandi.

Mi-35M transport-jangovar vertolyotlari zirhli texnikani yo‘q qilish va quruqlikdagi bo‘linmalarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan, shuningdek, shaxsiy tarkibni olib o‘tish, yaralanganlarni evakuatsiya qilish, yuklarni tashish hamda boshqa vazifalarni bajarishda qo‘llaniladi. Vertolyotlar yuqori aniqlikdagi zamonaviy qurol bilan jihozlangan va turli ob-havo sharoitida kechayu-kunduz jangovar vazifalarni bajarishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid