Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar ilk marta «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonun zarurligini aytmoqda
O‘zbekistonda ilk marta jamoatchilik nazoratini yagona tartibga soluvchi qonun Senat tomonidan ma'qullandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Senat Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Tolibjon Madumarovning aytishicha, «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini qabul qilish quyidagi shartlarga ko‘ra muhim hisoblanadi.
«Birinchidan, qonun nafaqat jamiyat uchun, balki davlat boshqaruv organlari faoliyatini samarali tashkil etish uchun kerak. Shuningdek, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali inson huquqlari va erkinlarini hurmat qilishga da'vat etadi. Ikkinchidan, jamiyatda ijtimoiy faollikni rivojlantirib, qonun orqali huquqiy asos paydo bo‘lmoqda. Uchinchidan, jamiyat qo‘llab-quvvatlashiga erishgan davlat ham ishlarni samarali tashkil etish imkoniyati ortib boradi», deydi qo‘mita raisi.
Qonun loyihasida yozilishicha, jamoatchilik nazoratini olib boruvchi sub'yektlar etib fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari belgilangan.
Ma'lumot uchun, mazkur qonun davlat dasturining 33-bandida ko‘rsatilgan vazifaga asosan qabul qilinmoqda.
Mavzuga oid
10:20 / 26.12.2025
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
09:47 / 20.12.2025
Mehnat inspeksiyasi hisoboti Senatda tanqid qilindi: nazorat 32 foizga kamaygan
19:50 / 19.12.2025
Mahalliy kengash va hokimlar faoliyatiga xos bo‘lmagan 8 ta vazifa bekor qilinadi
18:17 / 18.12.2025