Jahon | 23:00 / 29.03.2018
29994
4 daqiqa o‘qiladi

Zirhli poyezd va Pekindagi banketlar. Kim Chen Inning Xitoyga sayohati

25-28 mart kunlari KXDR rahbari Kim Chen In Pekinga tashrif buyurdi. Bu uning hokimiyatga kelganidan buyon (2011 yil) ilk marta xorijga safar qilishi bo‘ldi.

U Xitoy rahbari Si Jinping taklifiga binoan Pekinga maxfiy ravishda, Xitoy shimoli-sharqida, chegarada joylashgan Dandun shahri orqali kelgan. Ikki davlat rahbari uchrashuvi norasmiy kechdi: KXDR yetakchisi Si Jinpingni XXR rahbarligiga qayta saylangani bilan tabrikladi.

Foto: AFP © KCNA
Foto: © KCNA
Reuters © KCNA
Foto: AP

Safar davomida Kim Chen Inga Koreya Markaziy telegraf agentligi muxbirlari hamrohlik qilishdi, ular davlat rahbarining xorij safarini suratlarga muhrlashdi.

Foto: Sinxua

Kim Chen In bu safari davomida ko‘p muzokaralarda qatnashmagan, u asosan banketlarda va konsertlarda bo‘lgan hamda juda ko‘p tabassum qilgan.

Koreya delegatsiyasi Xitoyga maxsus zirhlangan poyezdda keldi, OAV e'tiborini jalb etmaslik uchun maxfiy ravishda safarga chiqildi. The New York Times xabariga ko‘ra, bu o‘q o‘tmas poyezd sekin harakat qilgan va vinoga to‘la bo‘lgan.

Pekinda uchrashgan siyosatchilar o‘z rafiqalari bilan birgalikda suratga tushishdi.

Foto: Reuters © KCNA

Safar suratlaridan ko‘rish mumkinki, mehmonlar bir necha joyda ziyofatda bo‘lishgan.

Foto: © KCNA
Foto: © KCNA
Foto: © KCNA

Business Insider nashri bu qabullar o‘ta dabdabali kechganini alohida qayd etgan: stollar turli taomlar bilan to‘ldirilgan, KXDR rahbariga mahalliy qo‘shiqchilar va raqqoslar san'ati namoyish etilgan.

Foto: AP

Safar norasmiy bo‘lsada, Si Jinping va Kim Chen In Pekinda muzokara ham o‘tkazishgan. Muzokaralar doirasida xalqaro kun tartibidagi masalalar, Koreya yarim orolidagi vaziyat va ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilindi. G‘arb nashrlari, Kim Chen In mezbonning so‘zlarini tinmasdan o‘z bloknotiga yozib borganiga e'tibor qaratgan.

Foto: © KCNA

KXDR yetakchisi rafiqasi bilan tashrif chog‘ida Xitoy fanlar akademiyasining innovatsiyalar ko‘rgazmasiga ham bordi, u yerda Shimoliy Koreya yetakchisi maxsus kitobda esdalik qaydini qoldirdi.

Foto: © KCNA
Foto: © KCNA

3 kunlik tashrifdan keyin Koreya delegatsiyasi ortga ham zirhli poyezdda qaytdi.

Foto: © KCNA
Foto: Reuters

Tashrif yakunida Si Jinping Kim Chen Inni yana bir bor Xitoyga kelishga taklif etdi. Bunga javoban KXDR rahbari ham Xitoy raisini Pxenyanga taklif qildi.

 Xitoy nashrlarida yozilishicha, Kim Chen Inning keyingi qadami AQSh va Janubiy Koreya rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘ladi.

Mavzuga oid