Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi qirg‘oqdan XVIII asr kemasining parchalari topildi
Foto: Instagram/dustindmb
AQShning Florida shtatidagi sohilbo‘yida taxminan XVIII asrda qurilgan kema parchalari topildi. Bu haqda CBS 47 xabar bermoqda.
Sent-Jons okrugida yashovchi Juliya Tyorner va uning sakkiz yoshli o‘g‘li shunday noodatiy topilmani aniqladi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, avval pirs (kemalar bog‘lab qo‘yiladigan maxsus joy) yoki panjaraning bir bo‘lagini topishgani haqida o‘ylashgan, biroq yaqinroq kelishganidan so‘ng bu eski kema ekanini tushunishdi.
«Biz yaqinlashib, tekshirib ko‘rdik va bu tarixiy topilma ekanini darhol tushundik», - deya aytib o‘tdi Tyorner.
Mahalliy mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, kema XVIII asrda qurilgan. Ularning ta'kidlashicha, bunday parchalar sohilbo‘yiga juda kamdan kam holatlarda chiqib qoladi.
Mavzuga oid
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
12:51 / 04.05.2026
Atlantika okeanidagi kemada hantavirus infeksiyasi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
15:02 / 04.03.2026
OAV: Rossiyaning gaz tashuvchi kemasi O‘rta Yer dengizida yonmoqda
08:43 / 04.03.2026