Niderlandiyada joylaşgan «Oceanwide Expeditions» kompaniyasi öz bayonotida Atlantika okeanida – Afrikaning ğarbidagi Kabo-Verde yaqinida joylaşgan «MV Hondius» qutb ekspeditsiyasi kemasidagi «jiddiy tibbiy vaziyat» haqida xabar berdi.

Reuters naşrining yozişiça, kema taxminan uç hafta oldin Argentinadan 150 ga yaqin yölovçi bilan yölga çiqqan. U Kabo-Verde yölida Antarktida hamda boşqa hududlarda ham töxtagan.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti kemada hantavirus infeksiyasi laboratoriya tahlillari orqali tasdiqlanganini ma’lum qildi. JSST hozirda epidemiyani örganmoqda. Agentlikning ma’lum qilişiça, laboratoriya testlari olti kişidan birida hantavirus mavjudligini tasdiqlagan.

Kasallangan olti kişining uç nafari vafot etgan, bir bemor Janubiy Afrikadagi şifoxonada reanimatsiyada qolmoqda. Vafot etgan ikki kişi Niderlandiya fuqarosi bölgan, JARda davolanayotgan bemor esa Britaniya fuqarosi.

Kruizning yönalişi

«JSST a’zo davlatlar va kema operatorlari örtasida kasallik alomatlari bölgan ikki yölovçini tibbiy evakuatsiya qiliş, şuningdek, jamoat salomatligi xavfini töliq baholaş va bortdagi qolgan yölovçilarga yordam körsatiş böyiça muvofiqlaştiriş işlariga kömaklaşmoqda», deyiladi taşkilot xabarida.

«Oceanwide Expeditions» kompaniyasining bildirişiça, Kabo-Verde rasmiylari tibbiy yordamga muhtoj yölovçilarning qirğoqqa tuşişiga ruxsat bermagan. Niderlandiya hukumati esa kasallik belgilari bölgan ikki yölovçini va vafot etgan yölovçining jasadini vataniga qaytariş çoralarini körişga urinmoqda.

DW naşrining yozişiça, JAR rasmiylari Yoxannesburgda kasallangan yölovçilar bilan aloqada bölgan şaxslar zanjirini qidirmoqda.

Hantavirus qanday kasallik?

Hantavirus – kemiruvçilarning axlati va peşobi havo orqali tarqalişi natijasida – masalan, siçqonlar yaşagan joylar tozalanganda yuqişi mumkin. JSSTning qayd etişiça, kamdan kam hollarda virus odamdan odamga ham ötişi mumkin.