Yana bir bog‘cha tarbiyachisi bolalarni urayotgani videosi tarqaldi
Bugun, 30 mart kuni internetda O‘zbekistondagi maktabgacha ta'lim muassasalaridan birida bog‘cha tarbiyachisi bolalarga qo‘l ko‘tarayotgani tasvirlangan videoyozuv tarqaldi.
Maktabgacha ta'lim vazirligi matbuot xizmati bergan izohda vazirlik hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlagani aytilgan. Vazirlik hozircha ushbu video qachon, qayerda, qaysi bolalar bog‘chasida olinganini aniqlay olmadi.
«Maktabgacha ta'lim vazirligi ushbu holatni o‘z nazoratiga olib, tezkor ishchi guruhi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligini ma'lum qiladi.
Tekshiruv yakunlari bilan aniqlangan har bir holat bo‘yicha Maktabgacha ta'lim vazirligi jamoatchilikni xabardor qilib boradi», deyiladi izohda.
Bungacha ham internetda bir necha marta bog‘cha tarbiyachilari bolalarni qattiqqo‘llik bilan tarbiyalayotgani tasvirlari tarqalgan, vazirlik va tegishli idoralar shu asosda tegishli choralarni ko‘rishgandi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya kubogi. "Barselona" 116-daqiqada "Real"ga gol urib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 03:45
-
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:15 / 26.04.2025
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57 / 26.04.2025
-
Dafn marosimi va urush
Jahon | 21:30 / 26.04.2025
Mavzuga oid

11:38 / 25.04.2025
“Oyog‘i kuygan 1,5 yashar qizcha ishi”: Popdagi bog‘cha noqonuniy tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi

16:51 / 24.04.2025
Toshkentda kamera yo‘q xonada bolani urgan bog‘cha xodimi ishdan olindi

15:31 / 24.04.2025
Namanganda oilaviy bog‘cha tarbiyachisi 1,5 yosh bolaning oyog‘ini kuydirib qo‘ygani aytilmoqda

12:08 / 24.03.2025