Navoiy şahridagi xususiy boğçalardan birida bolalarga qöpol muomala qilib, ularni urgan tarbiyaçi uşlandi va tergov izolyatoriga joylaştirildi.

Navoiy viloyati IIB tomonidan olib borilgan tezkor-suriştiruv işlarida aniqlanişiça, voqea 7 aprel kuni Navoiy şahri Yangiariq mahallasida joylaşgan xususiy boğçada sodir bölgan.

23 yoşli tarbiyaçi Ye.N. öz qaramoğidagi bolalarni «tartibga soliş» bahonasida kaltaklagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda u bolalarga baqirgani, siltab tortib, urgani va tepganini köriş mumkin.

Örganişlar davomida u bolalarni muntazam ravişda döpposlab kelgani ma’lum bölgan.

Holat yuzasidan Ye.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, u gumonlanuvçi tariqasida uşlangan. Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov yakunlari böyiça aybdor şaxslarga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinişi ma’lum qilingan.

Viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi xabariga köra, mazkur holat aniqlangan ta’lim muassasasining (Navoiy şahridagi Amin kids xususiy boğçasi) faoliyati qonunçilikda belgilangan tartibda vaqtinça töxtatilgan.