YaTTni yollangan xodimlar bo‘yicha qat'iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod qilishmoqchi
Bu Prezidentning aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha ishlarning samaradorligini tubdan oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori loyihasida nazarda tutilgan, deb yozmoqda Norma.
Hujjatda quyidagi sub'yektlarga soliq yengilliklarini joriy qilish taklif etilmoqda:
1) olis qishloq tumanlarida sartaroshlik xizmatlari, kir yuvish, quruq va kimyoviy tozalash, yakka buyurtmalar bo‘yicha poyabzal tikish xizmatlari, jamoat hojatxonalari va hammom xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga – 5 yilga barcha soliq turlaridan ozod qilish;
boshqa YaTTga – har bir yollangan xodim uchun byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga EKIHning 25% miqdorida sug‘urta badallarini har oyda to‘lagan holda yollangan xodimlar uchun qat'iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod qilish.
Ma'lumot uchun: hozirda YaTT har bir yollangan xodim uchun amalga oshirilayotgan faoliyati bo‘yicha stavkaning 30%i miqdorida qat'iy belgilangan soliqni to‘laydi.
2) Kasanachilik va shaxsiy tomorqa uchastkasida ish bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxslarga – byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga EKIHning 2,5 baravari miqdorida sug‘urta badallarini har yilda to‘lagan holda JShDS to‘lashdan ozod qilish. Bu muddatlar mehnat stajiga kiritiladi.
1.06.2018 yildan shaxsiy tomorqa xo‘jaligini rivojlantirayotgan va kasanachilik mehnati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni band aholi sifatida hisobga olish mexanizmini joriy etish rejalashtirilmoqda. Axborot o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektori ma'lumotlari hamda fuqarolarning arizalari asosida yig‘iladi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
12:30 / 16.09.2021
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi ikki baravarga pasaytiriladi
21:19 / 07.07.2021
Jismoniy shaxslar YaTT sifatida taksichilik qilganda qancha soliq to‘laydi?
10:06 / 02.07.2021
130ta davlat xalqaro soliq tizimi kiritilishini ma'qulladi
11:27 / 27.06.2021