Jahon | 07:59 / 30.03.2018
17642
2 daqiqa o‘qiladi

«Bu ruslarning o‘ziga zarar» - AQSh Peterburgdagi bosh konsulxona haqida

Foto: J. Scott Applewhite, File/AP

AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauertning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlarning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxonasi yopilishi birinchi navbatda AQShga borish uchun viza kerak bo‘lgan rossiyaliklarning o‘ziga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Bizning ustuvor vazifa shundan iborat bo‘lishi kerakki – Rossiya yoki boshqa bir davlat bo‘ladimi, birinchi navbatda amerikalik fuqarolar bilan ish ko‘rish kerak. Shu tariqa, biz amerikalik fuqarolarga yordam ko‘rsatish uchun ishlashimiz mumkin. Bu, albatta, bizning shunday imkoniyatimizga zarar yetkazadi, biroq u har doim ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi. Lekin, albatta, viza va konsullik amaliyotlariga bosh konsulxonaning yopilishi ta'sir ko‘rsatadi», - deya ma'lum qildi u.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Peterburgdagi bosh konsulxona rossiyaliklarga viza berish va ular bilan suhbat o‘tkazish ishlarini ham amalga oshirgan.

Mavzuga oid