Sport | 18:50 / 30.03.2018
14213
1 daqiqa o‘qiladi

«Bunyodkor» - «Buxoro» o‘yini jonli efirdan olib tashlandi

O‘zbekiston Superligasi 4-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Buxoro» o‘yini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilinmaydigan bo‘ldi.

«Sport» TV xabariga ko‘ra, texnik nosozlik tufayli, o‘yin yozib olingan holda, soat 22:50da efirga uzatiladi. 

Championat.asia xabariga ko‘ra, «Bunyodkor» stadioni yonida yangi ko‘prikning qurilish ishlari olib borilmoqda. Aynan shu qurilish vaqtida, yer ostidan o‘tgan optik tolali kabel simlariga shikast yetkazilgan. Bu kabellarsiz o‘yin jonli ravishda efirga uzatilmaydi.

Shu paytgacha Superliganing barcha o‘yini «Sport» TV tomonidan jonli efirda namoyish qilinib kelayotgandi.

Mavzuga oid