Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank narx barqarorligini ta'minlaydi
Foto: KUN.UZ
Markaziy bank Pul-kredit siyosatini rivojlantirish va o‘rta muddatli istiqbolda amalga oshirish konsepsiyasini taqdim etdi.
Norma’ning yozishicha, konsepsiyada nazarda tutilishicha, narx oshishi sur'atini pasaytirish va barqarorlashtirish davlat iqtisodiy siyosatining muhim ustuvorliklaridan biri bo‘lib qoladi. Inflyatsiyaning barqaror past darajasi iqtisodiy rivojlanish omili bo‘ladi, aholi va yuridik shaxslar mablag‘larining uzoq muddatli investitsiyalarga yo‘naltirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish vositasiga aylanadi.
Milliy valyutaning barqarorligi ayirboshlash kursini erkin shakllantirish sharoitida uning ichki xaridorgirligini qo‘llab-quvvatlash orqali ta'minlanadi. Boshqacha aytganda, to‘lov balansi bilan bog‘liq tashqi zarbalar yoki qiyinchiliklar yuz bergan sharoitda ayirboshlash kursining mos ravishda o‘zgarishi eksport qiluvchilar va import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi.
Bir vaqtning o‘zida, Markaziy bankning pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi ustuvor maqsadi aniq belgilanishi va ikki xil talqin qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda.
Ta'kidlash joizki, narx barqarorligi nolga teng yoki salbiy inflyatsiyani nazarda tutmaydi. Narx barqarorligi deganda iste'mol narxlarining o‘zgarmasligi emas, balki biroz oshishi tushuniladi. Bir qarashda, narxlarning doimiy o‘zgarmay turishi eng yaxshi shartdek tuyuladi, biroq inflyatsiyaning past va ijobiy barqaror darajasi iqtisodiyotning samarali yuritilishi uchun qulayroq sharoit hisoblanadi.
Mavzuga oid
15:38 / 26.05.2026
Aholi va biznesning inflatsiya kutilmalari pasaydi: asosiy xavotir - kommunal xizmatlar, yonilg‘i va energiya narxlari
20:53 / 25.05.2026
O‘zbekistonliklar go‘sht va sut narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
11:46 / 22.05.2026
500 ming so‘mlik yangi banknot haqidagi xabarlar asossiz - Markaziy bank
10:32 / 16.05.2026